
Angliya kubogi yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi
"Manchester Yunayted" Angliya kubogi 1/2 final bosqichi doirasida "Chelsi" bilan bahs olib boradi.
Bu ikkala klub uchun joriy mavsumdagi 4 o‘zaro uchrashuvi bo‘ladi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, ortda qolgan barcha uch bahsda mankunianliklar londonliklarni (4:0 va 2:0 - APL, 2:1 Angliya liga kubogida) mag‘lub etdi.
Ikkinchi yarim final juftligi esa "Manchester Siti"/"Nyukasl" - "Arsenal" o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Yarim final bahslari 18-19 iyul kunlari "Uembli" stadionida o‘tkaziladi.
Fikrlar