
Angliya Liga kubogi. "Manchester Yunayted" o‘yinning so‘nggi daqiqalarida kambek oshirdi. Uzoq davom etgan penaltilar seriyasida esa mag‘lub bo‘ldi (12:11)
Angliya Liga kubogining birinchi bosqichida Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" "Grimsbi Taun" bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozona olmadi (asosiy vaqt 2:2, seriya12:11).
Uchrashuvning 22-daqiqasida Charlz Vernam hisobni ochgan edi. Tayrell Uorren esa oradan 8 daqiqa o‘tib hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limning 75-daqiqasida Brayan Mbyomo hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 89-daqiqada esa yana xaloskor ro‘lida Xarri Maguayr. Angliyalik himoyachi gol urib, "qizil iblislar"ni penaltilar seriyasiga olib o‘tdi. Seriyada esa jamoa raqibiga 12:11 hisobida raqibiga taslim bo‘ldi. So‘nggi zarbani Brayan Mbyomo golga aylantira olmadi.
MYu ushbu mag‘lubiyat orqali Liga kubogining ilk bosqichidanoq turnirni tark etdi.
Fikrlar