Angliya Liga Kubogi. "Tottenxem" finalga yo‘l oldi

  • 6 yanvar, 2021, 07:57
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya Liga kubogi doirasidagi "Tottenxem" - "Brentford" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Joze Mourino shogirdlari 2:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Uchrashuvning 12-daqiqasida Mussa Sissoko hisobni ochdi. Ikkinchi taym o‘rtalarida Son Xyon Min oradagi farqni 2 taga etkazdi. 

Londonliklarning finaldagi raqibi nomi bugun tunda bo‘lib o‘tadigan "Manchester derbisi"da ma’lum bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!