Angliya terma jamoasi futbolchilari Bolgariyaga qarshi o‘yinda maydonni tark etishlari mumkin. Agar...

  • 13 sentabr, 2019, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi futbolchilari Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Bolgariyaga qarshi o‘yin paytida agar muxlislar tomonidan irqchilik kayfiyatidagi haqoratlar yangrasa o‘sha zaxoti maydonni tark etishlari mumkin.

Angliyalik futbolchilar ushbu masalani muhokama qilish uchun "Sent-Jorj Park"dagi terma jamoa qarorgohiga yig‘ilishadi. Qayd etish lozimki, ular bu masalada JCh-2018 dan avval ham gaplashishgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya – Bolgariya o‘rtasidagi javob bahsi 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ular o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda bir muxlis Angliya terma jamoasi hujumchisi Raxim Sterlingni irqchilik bilan haqorat qilgan edi. Ushbu muxlis o‘sha zaxoti politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!