Italiya klubi 17 yoshli qozog‘ iste’dodiga qiziqmoqda
«Qayrat» klubi tarkibida to‘p surayotgan 17 yoshli hujumchi Daulet Orinbasarga Italiya ning «Komo» jamoasi qiziqish bildirgani xabar qilinmoqda, deya yozadi Sports.kz nashri ASnews.kz manbasiga tayanib.
«Qayrat» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan yosh vinger italyalik klub kuzatuvidagi iste’dodlar keng ro‘yxatiga kiritilgan. Bir necha oy oldin Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi a’zosi haqida belgilayik skaut Tis Xoybergs batafsil hisobot tayyorlagan.
«Komo» mutaxassisi almatiliklar tarbiyalanuvchisining gol urish qobiliyati va maydondagi chaqqonligini yuqori baholagan. Shu bilan birga, uning jismoniy ko‘rsatkichlarini kamchilik sifatida qayd etgan. Futbolchining bo‘yi 163 santimetrni tashkil qiladi.
Ayni paytda gap yoshlar jamoasiga ehtimoliy o‘tish haqida bormoqda. Yaqinda Daulet Ortnbasar «Qayrat-Jastar» safidagi ilk golini urdi. U birinchi liganing 19-turida «Turan»ga qarshi o‘yinda (4:0) zahiradan maydonga tushib, hisobga o‘z hissasini qo‘shdi. Eslatib o‘tamiz, «Komo» joriy yilda o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Fikrlar