
Angliya terma jamoasi Shveytsariya ustidan qiyin g‘alabaga erishdi
Angliya terma jamoasi halqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Shveytsariya termasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Embolo hisobni ochishga erishdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida himoyachi Lyuk Shou super gol urib, muvozanatni tikladi.
78-daqiqada Xarri Keyin tomonidan penaltidan urilgan gol Angliyaga g‘alaba keltirdi.
Fikrlar