
Angliya terma jamoasi so‘nggi 9 yilda ilk bor o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yubordi
Xabaringiz bor Angliya terma jamoasi kecha UEFA Millatlar ligasi ikkinchi yarim final juftligida Gollandiyaga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
E’tiborlisi, inglizlar so‘nggi 9 yil ichida ilk bor bitta o‘yinda o‘z darvozalaridan 3ta gol o‘tkazib yuborishdi. Bu haqda Opta statistik portali xabar bermoqda.
Ular so‘nggi bor JCh-2010da Germaniya (4:1) terma jamoasiga qarshi o‘yinda o‘z darvozasidan 3 tadan ko‘p gol olib chiqishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya endi 9 iyun kuni musobaqaning bronza medallari uchun Shveytsariyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar