
Angliya terma jamoasining "Evro-2020" uchun bergan qaydnomasida o‘zgarish bo‘ldi
Angliya terma jamoasining “Evro-2020” uchun topshirgan so‘nggi qaydnomasida o‘zgarish yuz berdi.
Aniqrog‘i, "Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xenderson sonidan jarohat olib terma jamoani tark etdi. Undan bo‘shagan joyni "Sheffild Yunayted" darvozaboni Aaron Remsdeyl egalladi.
Garet Sautgeyt boshchiligidagi inglizlar Evropa chempionatini Xorvatiya terma jamoasi ustidan minimal g‘alaba (1: 0) bilan boshlashdi. Oldinda ularni Shotlandiya va Chexiya bilan o‘yinlar kutmoqda.
Angliya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 19 iyun kuni Shotlandiyaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar