Angliya termasining nazorat o‘yini uchun raqib jamoa nomlari ma’lum bo‘ldi
Angliya terma jamoasi bilan Evropa chempionati 2020 oldidan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadigan jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
Garet Sautgeyt shogirdlari 2 iyun kuni Venada Avstriyaga qarshi to‘p surishsa, besh kundan so‘ng, 7 iyun kuni Ruminiyaga qarshi maydonga tushishadi.
Bundan tashqari 27 mart kuni "Uembli"da nazorat o‘yini o‘tkazadigan terma jamoa nomi tez orada ma’lum qilinadi. Oldinroq "uch sherlar" 31 mart kuni o‘z uyida Daniya termasiini qabul qilishi xabar qilingan edi
Evropa chempionatiga 2020 yil 12 iyunda start beriladi. Guruh bosqichida Angliyaya Chexiya, Xorvatiya va S o‘tish guruhi g‘olibi (Shotlandiya, Izrail, Norvegiya va Serbiya jamoalaridan biri) bilan bahs olib boradi.



Fikrlar