
Angliya va AQSh murosa ko‘chasini tanladi
JCh-2022 2-turidan o‘rin olgan Angliya - AQSh bahsi yakunlandi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Bellashuv davomida jamoalar bir qator xavfli hujumlar uyushtirdi. Ayniqsa, angliyaliklar bahs yakuniga yaqin keskin hujumlar sonini ko‘paytirdi. Ammo bugun darvozalar daxlsiz qoldi.
Shu tariqa, Angliya ochkolari sonini 4 taga etkazib olgan holda, "B" guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. AQSh hisobida hozircha 2 ochko mavjud va ular Erondan keyingi 3-o‘rinni band etgan.
Fikrlar