Angliyada biror fubolchiga bunaqa pul to‘lanmagan: Xolandning yangi maoshi ma’lum bo‘ldi!

  • 18 yanvar, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” o‘zining eng zo‘r to‘purari aylangan Erling Xoland bilan 9,5 yillik shartnoma tuzdi. Endi norvegiyalik futbolchi 2034 yilga qadar klubda qolishi mumkin.

Tecno

The Guardian nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshli forvard yangi bitimga ko‘ra, har hafta 500 ming funt sterling miqdorida maosh oladigan bo‘ldi.

Shu tariqa, Erling Xoland Angliya Premer-ligasi tarixida eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylandi.

Yangi shartnomagacha norvegiyalik to‘purar maosh miqdori bo‘yicha yiliga 20,8 million funt sterling olayotgan Kevin de Bryuynedan keyingi o‘rinda edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!