
Angliyada ham mavsum muddatidan avval yakunlanadi
"Udineze" klubi sport direktori Perpaolo Marinoning so‘zlariga ko‘ra, Angliya premer-ligasi koronavirus pandemiyasi tufayli yakunlanmasligi mumkin.
“UEFAning noroziligiga qaramay Belgiyada allaqachon mavsumni yakunlashga qaror qilib bo‘lishdi. Angliya ham shunday qilmoqchi deb eshitdik, chunki, u erda ham vaziyat og‘ir.
Hammasi tugagach, biz yana futboldan zavq olamiz deb umid qilaman. Bu qancha vaqt olishi muhim emas, muhimi ushbu vaziyatdan tezroq chiqish. Men yangi mavsum haqida o‘ylay boshladim, eskisi haqida emas”, - deydi Marino.
Aytish lozimki, “Udineze” va “Uotford” klublari xo‘jayini bitta inson hisoblanadi.
Fikrlar