Angliyada muxlislar stadionga kiritilishi mumkin. Faqat...

  • 31.05.2020 15:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya kubogi finali tomoshabinlar qarshisida o‘tkazilishi mumkin. Mirror nashrining ma’lum qilishicha, Angliya futbol assotsiatsiyasi finalga chiqqan jamoalarga 10 mingtadan muxlini stadionga kiritishga ruxsat berish masalasini muhokama qilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, final bo‘ladigan Londondagi “Uembli” stadioni o‘z bag‘riga 90 min muxlisni sig‘dira oladi. Shu bois 20 ming tomoshabin bemalol ijtimoiy masofani saqlagan holda stadionga joylashishi mumkin.

Hal qiluvchi o‘yin 1 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!