
Angliyada osiyolik futbolchi o‘rnini nemis o‘yinchisi egallaydi
“Tottenxem” yozgi transferlar davrida tarkibini kuchaytirish maqsadida “Bavariya”dan 19 yoshli hujumchi Matis Telning shartnomasini to‘liq sotib olishga qaror qildi.
Frantsiyalik futbolchi “shporlar” safiga fevral oyida ijaraga olingan edi.
Give me Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Tottenxem” rahbariyatiga iste’dodli o‘yinchining harakatlari ma’qul kelgan va ular Telni jamoada olib qolish uchun myunxenliklarga 45 million funt sterling miqdorida badal puli to‘lashga tayyor.
London klubidagilar Matis Telni jamoa etakchisi Son Xyon Minga o‘rinbosar sifatida o‘ynatishni ma’qul ko‘rmoqda. Klub koreyalik yulduzni yozgi transferlar vaqtida sotib yuborishni rejalashtiryapti.
Fikrlar