
Angliyada yil futbolchisi aniqlandi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra Angliyada yil futbolchisi deb topildi.
Misrlik forvard 48 foiz ovoz to‘plab, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne hamda "Vest Xem" futbolchisi Deklayn Raysni ortda qoldirdi.
Salah bu sovrinni ikkinchi marta qo‘lga kiritdi. U ilk bor 2018 yil bu nomga sazovor bo‘lgandi. Muhammad joriy mavsum 44 ta o‘yinda maydonga maydonga tushib, 30 ta gol urgan va 14 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar