
Angliyaning eng “quruq” darvozaboni aniqlandi
Angliya Premer-ligasida o‘z darvozasi daxlsizligini eng ko‘p saqlab qolgan darvozabonlar aniqlandi.
Unga ko‘ra, “Everton” posboni Jordan Pikford liganing eng “quruq” darvozaboni sifatida e’tirof etildi.
Tajribali golkiper 21 ta uchrashuvdan ettitasida gol o‘tkazmagan.
Pikforddan keyin o‘rinlarni “Liverpul” vakili Alisson Beker va juda ko‘p tanqid qilinayotgan “Manchester Yunayted” posboni Andre Onana egalladi. Har ikkisi oltitadan o‘yinda raqibga gol urish imkonini bermagan.
Fikrlar