
Angliyaning etakchi futbolchilari Tuxel sabab terma jamoaga borishni xohlamayapti
Nemis mutaxassisi Tomas Tuxel Angliya Premer-ligasi klublari tomonidan angliyalik futbolchilarning noyabr oyidagi Millatlar ligasi o‘yinlarida ishtirok etishdan ommaviy ravishda bosh tortgani uchun tanqidga uchradi. Bu haqda Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, rasmiy xabarlarda Angliya terma jamoasining ko‘plab etakchilari o‘z klublarida engil jarohat olganligi haqida ma’lum qilingan, biroq insayderlarning yozishicha Premer-liganing bir qancha klublari bunday qarorga kelishiga Tuxelning terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlashining kechikishi sabab bo‘lgan. Boisi, ko‘plab futbolchilar vaqtinchalik murabbiy Li Karsli qo‘l ostida o‘ynashni istamaydi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi noyabr oyida Millatlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinlarini Gretsiya (14 noyabr) va Irlandiya (17 noyabr) terma jamoalariga qarshi o‘tkazadi. Tuxel esa 2025 yilning 1 yanvaridan Angliya terma jamoasida ishlay boshlaydi. Uning Angliya terma jamoasi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2026 yilgi jahon chempionati yakunigacha amal qiladi.
Fikrlar