
Ansu Fati “Barselona"ni tark etishi mumkin. Vingerga APLdan qiziqishlar bor
“Barselona” futbolchisi Ansu Fati yozda klubni tark etishi mumkin. Vinger kam o‘yin amaliyotidan norozi. Kataloniyaliklar ham uning ketishiga qarshi emas va ushbu transferdan 100 million evro ishlab olmoqchi. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.
Insayder Fabritsio Romano ham Fatining kelajagi mavsum so‘ngida hal bo‘lishini tasdiqladi. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalikni bir qator APL grandlari kuzatib bormoqda. Ammo “Bavariya” uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmagan.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchi ushbu mavsum “Barsa” libosida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar