Ansu Fati ham Evropa futbolini tark etadigan bo‘lyapti
Bundan bir necha mavsum oldin professional futbolchilik faoliyatini boshlaganida Lionel Messining haqiqiy vorisi ekani aytilgan Ansu Fati hozir “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan biri hisoblanadi.
Kataloniyaliklar yozda uni “Brayton”ga ijaraga berib yubordi va kelajakda ham yosh hujumchiga boshqa imkoniyat bermoqchi emas.
Ansu Fati Angliya Premer-ligasida ham porlay olgani yo‘q. Uning holatidan Saudiya Arabistoni klublari foydalanib qolmoqchi.
Ayni paytda saudiyaliklar Fatining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va futbolchini ligaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi. Bu haqda Sport.es sayti ma’lumot tarqatdi.



Fikrlar