Ansu Fati qachon safga qaytadi?

  • 21 yanvar, 2022, 14:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Ansu Fatining tiklanishi uchun qancha vaqt talab etilishi haqida dastlabki xabarlar tarqaldi. Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli futbolchi Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida Bilbaoning "Atletik" klubiga (2:3) qarshi o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan edi.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorrangilar" vingeri tiklanishi uchun taxminan ikki oy vaqt talab etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ansu Fati joriy mavsum "Barsa" safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!