Antoni: "Golimni o‘g‘lim va akamga bag‘ishlayman"
"Betis" hujumchisi Antoni jamoaga qaytgandan keyingi dastlabki golini "Nottingem Forest" (2:2) bilan bo‘lgan Evropa Ligasi uchrashuvida urdi va bir golli uzatma ham qayd etdi.
"Juda charchadim, bu oson bo‘lmadi. Oxirgi oylarda to‘liq mavsumoldi tayyorgarligi o‘tkazmaganim sabab jamoa bilan atigi ikki-uch hafta mashg‘ulot qildim. O‘z maydonimizda muxlislar oldida g‘alaba qozonishni xohlagan edik, ammo natija biz xohlaganimizdek bo‘lmadi.
Men engillikni his qildim. O‘yindan oldin akam bilan gaplashgan edim, u gol urishimni aytdi. Xabar yozib ham yubordi. Shu goldan juda xursandman, ammo durang uchun biroz afsusdaman. Oilam bilan birga qanday qiyinchiliklardan o‘tganimizni yaxshi bilamiz. Bugun bor kuchimni his qilyapman va bu golni tribunada xotinim bilan birga o‘tirgan o‘g‘limga va akamga bag‘ishlayman", — dedi Antoni.



Fikrlar