Antoni yana qahramon — ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba goli undan!

  • 5 may, 00:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"dan ijara asosida "Betis"ga o‘tgan Antoni sevilyaliklar uchun ketma-ket ikkinchi o‘yinda hal qiluvchi gol muallifiga aylandi.

Tecno

25 yoshli braziliyalik hujumchi La Liganing 34-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Betis"ga "Espanol" ustidan 2:1 hisobidagi dramatik g‘alabani taqdim etdi. U 91-daqiqada jamoasining g‘alaba golini urdi va yangi klubida o‘z ahamiyatini yana bir bor isbotladi.

Qizig‘i shundaki, Antoni bir necha kun oldin Konferentsiyalar ligasi yarim finalida "Fiorentina" darvozasini ham ishg‘ol qilgan edi — o‘shanda ham hisob 2:1 bo‘lgan.

Umumiy hisobda Antoni joriy mavsumda "Betis" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!