
Antuan Grizmann Frantsiya JChga qanday tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Uelsga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
- Yaxshi o‘yin o‘tkazib muxlislarni xursand qilmoqchi edik. Endi Germaniyaga qarshi yana bir muhim bahsda maydonga tushishimiz kerak. Bu yozga yaxsh tayyorgarlik bo‘ladi. Murabbiy tanlagan taktikasini ko‘rib chiqaylik, amaldagi jahon chempionini mag‘lub etish uchun barcha kuchni qo‘llaymiz, - deydi Grizmann.
Ma’lumot o‘rnida, Frantsiya o‘rtoqlik o‘yinida Uelsdan 2:0 hisobida ustun keldi.
Fikrlar