Anvar Anvarov joriy mavsumda ikkinchi bor O‘zbekiston rekordini yangiladi

CHERY AUTO

Finlyandiyaning Yoensuu shahrida engil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov mamlakat rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Tecno

Hamyurtimiz so‘nggi urinishda 8,25 metr natija bilan bir necha hafta muqaddam Toshkentda o‘tgan xalqaro turnirda o‘zi o‘rnatgan mamlakat rekordini (8,23 metr) yaxshiladi. Shubhasiz, bu natija Anvarovga turnirda oltin medal keltirdi. Qolaversa, mazkur musobaqaning balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Barno Sayfullaeva 1,85 metr bilan urinishlar hisobiga ko‘ra bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Uzunlikka sakrash, erkaklar:

Anvar Anvarov (O‘zbekiston)  — 8,25 metr
Aniel Molina (Kuba)  — 7,86
Kristian Pulli (Finlyandiya)  — 7,82 

Balandlikka sakrash, ayollar: 

Luize Ekman (Shvetsiya)  — 1,85 metr
Ella Mikkola (Finlyandiya)  — 1,85
Barno Sayfullaeva (O‘zbekiston)  — 1,85

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!