Anzur Ismoilov chetlatildi
Bugun Xitoy Super Ligasida 22-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov faoliyat olib boradigan “Changchun Yatay” jamoasi o‘z maydonida “Yanbyan” klubini qabul qildi.
Birinchi bo‘lim oxirida uchrashuv bosh hakami Ma Li hamyurtimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida son jihatdan ustunlikka erishgan mehmonlar hisobni ochishdi.
Biroq uchrashuv yakunida Igalo muvozanatni tikladi.
Xitoy Super Ligasi. 22-tur
“Changchun Yatay” – “Yanbyan” 1:1
Gollar: Igalo(86) – Travelli(54)
Chetlatish: Anzur Ismoilov(44).
Fikrlar