
APL. 11-turdan olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola!
Angliya Premer Ligasining 11-turida bir qator qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. MYu safarda "Bornmut"ga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. "Tottenxem" mehmonda "Everton" bilan, "Arsenal" esa o‘z maydonida "Vulverxempton" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynashdi va yana bir qator qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlardan olingan eng sara suratlarni e’tiboringizga havola etamiz!
Uchrashuvning yodda qolarli vaziyati, bu Ore va Sonning qo‘polligidan so‘ng, "Everton" futbolchisi Andre Gomesh afsuslanarli va ayanchli jarohatga uchragani bo‘ldi.
Vaziyatni yaxshilab o‘rganib olgan xakam Janubiy Koreya terma jamoasi etakchisini maydondan chetlatdi!
Ushbu holatda Son "shok" holatida ekanligi uning yuzidan ma’lum edi. Maydondagi qolgan futbolchilar ham vaziyatdan qattiq ta’sirlanishganini yashirib tura olishmadi.
Bellashuv yakunida g‘olib nomi aniqlanmadi! 1:1.
"Lester"ning navbatdagi kashfiyoti va yangi yulduzi Meddison!
"GettyImages" fotomuhbirining navbatdagi nishonida APL to‘purari Jeymi Vardi!
Mavsumni yuqori tempda o‘tkazayotgan "Lester" bu safar mehmonda "Kristal Pelas"ni 2:0 hisobida dog‘da qoldirdi
"Uotford" futbolchisi: Hoy, bugun senlarga Lempard ham yordam bera olmaydi!
Lempard: Pulishich bugun sen g‘alabani to‘pini kiritasan!
Jorjino: Barchasi rejadagidek, yo‘limdan qoch "tirmizak"!
Jon Terri: Hisobni ochib olsak, "avtobus" qo‘yamiz va "Liverpul"ga Saloh ham yordam bera olmaydi.
Goldan so‘ng, Firminoning urinishlari ham foyda bermayotgan edi
So‘nggi lahzalarda esa Yurgen Klopp Manega: Kelaqol o‘zimga qahramonim!
Chiroyli foto. Shunday emasmi?
"Brayton" futbolchisi Ronaldu uslubida bo‘lmasa ham, mana shunday sakrab golni nishonlashni uddalamoqda
Aslida bellashuv noodatiy tarzda ochib berilgandi
"Brayton" "Norvich"ni 2:0 hisobida dog‘da qoldirgan bahsdan olingan eng sara surat shu bo‘lsa kerak
"Nyukasl"ga qarshi bahsda "Vest Xem"ga Chicharito ham yordam berolmadi
Bunday suratlarni faqatgina "GettyImages" muhbirlari taqdim etaverishmaydi
Shunaqasi ham bo‘lib turadi!
Qiziq! "Shitka"ni xakam ko‘tarib yuribdi
Yo‘q, yo‘q, bu Kavani emas, "Sautgemtpon" futbolchisi!
Siz ham o‘zimizning "Bunyodkor" stadionini esladingizmi?
Gvardiolaning o‘yin davomidagi shashtini "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoevnikiga o‘xshataman! Qo‘yaverasiz, orzuga ayb yo‘q! Zora, o‘zimizdan ham shunday mutaxassislar etishib chiqsa!
Chempionshipda ko‘p bora o‘zaro bahslashgan "Sheffild" va "Byornli" nihoyat APLda ham qarama-qarshi kelishdi
"Byornli" futbolchisi ko‘zini yumib olmaganida, balki to‘pga bosh bilan to‘g‘ri zarba bergan bo‘lardi
Joriy mavsumni fantastik tarzda o‘tkazayotgan "Sheffild" yakunda 3:0 hisobi bilan g‘alabaga erishdi
"Arsenal" - "Vulverxempton" bahsi yakkakurashlarga boy tarzda kechdi
Ana shunday yakkakurashlarning biridan ajoyib foto!
"Vulverxempton" APL grandlarini to‘xtatib qola olishini yana bir bor isbotladi
"Bo‘rilar" 11-uchrashuvda 7-durang natijasini qayd etishdi
Izoh o‘zingizdan...
Martial penalti ishlashga ham urinib ko‘rdi
King bergan ushbu zarba oldida De Xea ojiz qoldi
Vaziyatni boshqa tomondan olingan suratda ham tomosha qilish mumkin
"Quruq yomg‘ir". Ha, Angliyada shunaqasi ham bo‘ladi
Murabbiylar bitta ko‘rsatmani berayotganga o‘xshaydi!
King bergan zarbasi uchrashuvdagi yagona gol bo‘lishini ta’minlab berdi
Fikrlar