TIGGO 2 PRO

Angliya premer-ligasi 21-turining markaziy uchrashuvida "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi va mezbonlar uzoq kutilgan g‘alabani Sulsher shogirdlari ustidan qozonishdi. "Liverpul" mavsumni ko‘taringki kayfiyatda o‘tkazayotgan "Sheffild" jamoasiga qarshi o‘yinda 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Manchester Siti" va Anchelotti boshchilik qilayotgan "Everton" ustidan 2:1 hisobida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, "Tottenxem" safarda "Sautgempton"ga kichik 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi va "Chelsi" mehmonda "Brayton"ga ochko ulashib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Yana bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu turdan olingan suratlar orqali fotomaqola tayyorladik.

gettyimages-1191336305-2048x2048

Muhammad Saloh uchrashuvda hisobni ochdi va uni Mane bilan birga nishonladi!

gettyimages-1197185524-2048x2048

Mane esa Firmino bilan qanday nishonlaganini ko‘rganmidingiz?

22926256-7846383-image-a-55_1578001613544

Ajoyib jamoaning futbolchilari o‘zaro inoq!

liverpool-2-0-sheffield-united-jurgen-klopp-proud-of-liverpool-players-efforts

Himoya qo‘rg‘oni van Diyk va yangi Aleks Fergyuson deyilayotgan Klopp!

278a08

Inoq jamoa "Sheffild" ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.

gettyimages-1191153401-2048x2048

Markaziy bellashuv qiziqarli kechdi.

1191151118.jpg.0

"Arsenal"ning gollaridan so‘ng, Lingard qancha shoshilmasin, jamoadoshlari umidlarini uzib bo‘lgandek edi.

Arsenal-Mikel-Arteta-Football365

Ko‘pchilikning fikricha, bu Arteta "effekti!"

gettyimages-1191153367-2048x2048

Grand klublarga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lmayotgan MYu ustozi bu safar o‘zi ham xayron!

gettyimages-1196986431-2048x2048

Gvardiola to‘p yon chiziqdan qanday tashlanishi kerakligini uqtirmoqda!

gettyimages-1196986564-2048x2048

Iy-eee...!

gettyimages-1196989531-2048x2048

To‘p darvoza to‘rida, ammo darvozabon hamon seyv qilish ilinjida.

gettyimages-1196982308-2048x2048

Anchelotti hayronlik bilan: Men qaerdaman...?

gettyimages-1196982365-2048x2048

Anchelotti: Nima bo‘layapti...? "Napoli" qani?

gettyimages-1196992400-2048x2048

Bu Bravomi yoki Pikford?

22884138-0-image-a-34_1577904204476

Jezus tepgan to‘pni "Everton" himoyachisi men tepayapman deb o‘yladi shekilli.

gettyimages-1191144492-2048x2048

Uchrashuvda dubl qayd etgan va qahramonga aylangan - Gabriel Jezus!

gettyimages-1196996447-2048x2048

"Norvich" va "Kristal Pelas" qarama-qarshiligini Jonatan Moss boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.

gettyimages-1191151111-2048x2048

"Norvich" 4-daqiqada hisobni ochdi. Himoyachi esa o‘zini zo‘r-g‘a to‘xtatib oldi.

gettyimages-1191144780-2048x2048

85-daqiqada Konnor Uikxem hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

gettyimages-1196988383-2048x2048

O‘tgan mavsum Chempionshipda to‘purarlik mahoratini ko‘rsatib bergan va joriy mavsum APLda porlagan mohir futbolchi Temmu Pukkining o‘yinlarini bir bor bo‘lsada ko‘rdingizmi?

gettyimages-1191159165-2048x2048

Bu esa top klublar orzu qilayotgan va siz yaxshi bilgan Uilfrid Zaa!

gettyimages-1191295890-2048x2048

Bilmaganlar uchun ma’lumot! Bellashuvda hisobni ochgan va mavsumni yuqori kayfiyatda o‘tkazayotgan yosh va umidli futbolchi Todd Kantuell! Uni eslab qoling, yaqin kelajakda yaxshi futbolchi bo‘lib etishishi mumkin.

gettyimages-1191295822-2048x2048

Tim Krul haqida ortiqcha ma’lumot shart emas! Shundoq ham uni yaxshi bilasiz.

West-Ham-crush-Bournemouth-4-0-home-win-on-Wednesday

"Vest Xem" va "Bornmut" o‘zaro to‘qnashgan kechadagi o‘yin go‘yoki futbol emasdek!

skysports-sebastian-haller_4880840

Bu amerikancha futbolga o‘xshardi.

west-ham-bournemouth-010120t

Bellashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi.

NINTCHDBPICT000551069328-e1577903367927

G‘alaba nishonlanishi ham o‘zgacha bo‘ldi.

r0_0_800_600_w1200_h678_fmax

Moyesni "puzirik"larga bejab tashlashdi.

maxresdefault

Qay etilgan hisob esa "xokkeycha" bo‘ldi.

gettyimages-1196975590-2048x2048

"Nyukasl" maydonida Ayoze Peres hisobni ochdi.

el-leicester-vive-un-momento-dulce_160602

Oradan 3 daqiqa o‘tib, Meddison hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

1191140614.jpg.0

Vardi urmasa, Chodhuri uradi. Aftidan, "Lester" yangilarni kashf etishdan to‘xtamaydi chog‘i!

22884602-0-image-a-3_1577905655725

Barchasi bitta suratda namoyon!

process

Ings tomonidan kiritilgan ajoyib gol "Tottenxem"ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.

gettyimages-1191140809-2048x2048

Mourino ustidan g‘alaba qozongan mutaxassisga yarashaveradi.

gettyimages-1191140718-2048x2048

Sonning yo‘qligi, Keynning uchrashuvda olgan jarohati, Mourinoning kartochkasi... Shu kuni, "Tottenxem" qattiq siqildi!

5e0cd7e8dac6e.image

Bir qator yulduzlarni kashf etib bergan "Sautgempton"ning ushbu suratdagi a’zolari orasida ham bo‘lajak yulduzlar bo‘lsa ajab emas!

78939421_173781617024247_8983850568894113499_n

Mourino, yulduzlar... "Tottenxem"ga hech narsa yordam berolmayapti.

p07zb19s

Bir g‘uboridan chiqsin!

22bd7b22b39843adb3cd5a5030c10c4f

21-turda "Uotford" va "Vulverxempton" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi.

1196978107

Uchrashuv juda qiziqarli kechdi. Miriqib tomosha qiladigan o‘yin bo‘ldi.

LQT7KP6TJVCNBCBNYDGGR2IIO4

Keskin kurashlar, qizil kartochka, chiroyli hujumlar va gollar...

0_Watford-FC-v-Wolverhampton-Wanderers-Premier-League

Ushbu bahsni takroran ko‘rsangiz ham zerikib qolmaysiz!

0_Watford-v-Wolverhampton-Wanderers-Premier-League-Vicarage-Road

Yakunda ham kutilmaganda "Uotford" kuchli raqibini dog‘da qoldirishni uddasidan chiqdi.

IMG_20200101_153339_505

Avvaliga, "Brayton" maydonida Aspilikuetaning goli evaziga londonliklar hisobni ochib olishgan edi.

Brighton-1-1-Chelsea

Uchrashuvda "Chelsi" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishi taxmin qilina boshlangandi.

Alireza-Jahanbakhsh

84-daqiqada Jahonbaxsh "super gol" urdi va "Chelsi"ni g‘alabadan mosuvo etdi.

2020010149306442

Janubiy Koreya forvardi Son Xyon Min, Eron futbolchisi Alirizo Jahonbaxsh! Bizdan ham APLni "yondiradigan" futbolchilar chiqib qolar...!

d613f55c0c1e47c4b24e61afe19a709b

Abraxam katta maosh talab qildi-yu, o‘yini o‘xshamadi!

2020-01-01T130354Z_1974456065_RC217E91RJ1C_RTRMADP_3_SOCCER-ENGLAND-BUR-AVA-REPORT

"Byornli" va "Aston Villa" qarama-qarshiligi bo‘lgan o‘yin! Ikki jamoaning sardorlari bitta fotoda!

GettyImages-1196960469-910x607

Ushbu o‘yin jarohatlarga boy bo‘ldi.

73550-large_1

Darvozabon ham bundan mustasno emas!

ENNC36QWsAAZSAa

"Aston "Villa" sardori va etakchisi Jek Grilish doimgidek, tinib-tinchimadi va uchrashuvda gol ham urishga erishdi.

Jack-Grealish

Grilish!
"Aston Villa" safarda 2:1 hisobi bilan g‘alabani qo‘lga kirita oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!