APL. 21-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvali bilan tanishing
Angliya Premier-ligasining 21-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi.
Xususan, "Fulxem" o‘z maydonida "Chelsi"ni mag‘lub etdi, "Bornmut" esa "Tottenxem" ustidan g‘alaba qozondi. Shuningdek, Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda "Manchester Siti" "Brayton" bilan durang o‘ynadi. Bu natijadan unumli foydalanishi kutilgan "Arsenal" ham markaziy bahsda "Liverpul"ni mag‘lub eta olmadi.
Ayni paytda turnir jadvalida "kanonirlar" 49 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda esa 43 ochkodan jamg‘arqan "Manchester Siti" va "Aston Villa" joy olgan.

Fikrlar