APL. 25-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
Angliya Premier-ligasining 25-tur uchrashuvlari yakunlandi. Tur doirasida bir qator qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, “Enfild”da o‘tgan “Liverpul” — “Manchester Siti” uchrashuvi yuqori sur’atda kechdi va unda “shaharliklar” 2:1 hisobida g‘alaba qo‘zondi. Chempionlik uchun asosiy da’vogar sanalgan “Arsenal” esa o‘z uyida “Sanderlend”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Maykl Kerrik qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” bu safar “Tottenxem” ustidan zafar quchdi. Shu tariqa jamoa ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda turnir jadvalida “kanonirlar” 56 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda 50 ochko jamg‘argan “Manchester Siti” joylashgan. Kuchli uchlikni “Aston Villa” yakunlab turibdi.
Quyida 25-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvali bilan tanishishingiz mumkin.


Fikrlar