APL. 9-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

  • 27.10.2025 16:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining 9-tur uchrashuvlari yakunlandi. Mazkur turda bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qildi va 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. Ularning hamshahari hisoblangan "Manchester Siti" esa bu turda "Aston Villa"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Turning yana bir sensatsiyasi "Chelsi" va "Sanderlend" jamoalari o‘rtasidagi bahsda kuzatildi. "Aristokratlar" kutilmaganda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

"Liverpul" mag‘lubiyatli seriyasini davom ettirmoqda. Arne Slot shogirdlari chempionat doirasida 4 uchrashuvdan beri raqiblariga yutqazmoqda. Bu safarda mersisaydliklarni "Brentford" taslim etdi.

Londonning ikki klubi — "Arsenal" va "Tottenxem" 9-turda navbatdagi 3 ochkosini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni paytda turnir jadvalida "to‘pchilar" peshqadam hisoblanadi. Quyida ushbu turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan batafsil tanishing.


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!