APL afsonasi "Paxtakor"ga tashrif buyurdi

  • 7 may, 2024, 23:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Mazkur bellashuvda mezbonlar 4:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maydon egalari safida gollarga Asqarov, Merk (dubl) va Cheran mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli esa Otaxonov, Milichkovich (penalti) va Sharipov nomiga qayd etildi. 

Angliya premer-ligasi afsonalaridan biri sanalgan Devid Jeyms mazkur uchrashuvni stadionda tomosha qildi va klub faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U APLda 500dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan kam sonli futbolchilardan bo‘lib, Angliya terma jamoasida 53 uchrashuv o‘tkazgan.

"Paxtakor" bosh direktori Dmitriy Adisman Jeymsga klubimiz tarixi va stadion to‘g‘risida so‘zlab berib, jamoa tomonidan qo‘lga kiritilgan sovrinlar bilan tanishtirdi. Taniqli darvozabon o‘z navbatida O‘zbekistonning etakchi klubi hamda katta tarixga ega stadionni ko‘rishidan mamnunligini bildirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!