
APL autsayderi "Arsenal"ning 40 mln funtlik taklifini rad etdi
"Brayton"da ajoyib mavsumni o‘tkazgan Ben Uayt jarohat olgan Trent Aleksandr-Arnold o‘rniga Angliya terma jamoasi tarkibiga kelib qo‘shildi.
Shundan so‘ng Uayt "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Londonliklar allaqachon 23 yoshli himoyachi masalasida "Brayton"ga taklif yuborishgan. Biroq Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, "Brayton" “kanonirlar”ning 40 million funtlik taklifini rad etgan.
Ben Uayt ortda qolgan 2020/2021 yilgi mavsumda jami 39 ta uchrashuv o‘tkazdi.
“Brayton” o‘tgan mavsum APLda 16-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Arsenal”ga 8-o‘rin nasib etdi.
Fikrlar