
APL. "Chelsi" yana ochko yo‘qotdi
APL 24-turidan o‘rin olgan "Brayton" - "Chelsi" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, 28-daqiqada Xakim Ziesh hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada Uebster muvozanatni tikladi. O‘yinda boshqa gol kiritilmadi.
"Aristokratlar" durang natijadan so‘ng hisobidagi ochkolar sonini 44 taga etkazib qo‘ydi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 29 ochkoga ega "Brayton" 9-pog‘onani band etgan.
Fikrlar