APL chempioni katta ishga qo‘l urmoqchi

  • 14.10.2021 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" mavsum yakunlangach "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandni sotib olmoqchi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shaharliklar” yanvarda norvegiyalik futbolchining agenti Mino Rayola bilan uchrashmoqchi. Boisi, yozda shartnomaga ko‘ra Xolandni 75 million evroga sotib olish bo‘yicha band o‘z kuchiga kiradi. Rayola vaziyatdan unumli foydalangan holda, “Siti”dan mijoziga yiliga 50 million evro maosh va o‘ziga yaxshigina bonus undurishni ko‘zlamoqda.

21 yoshli Xoland joriy mavsum "Borussiya" safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Xolandning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!