APL debyutanti Ispaniya terma jamoasi a’zosini sotib oldi

  • 23 sentabr, 2020, 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Sosedad" himoyachisi Diego Lorente faoliyatini "Lids"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

APL klubi 27 yoshli ispaniyalik futbolchining transferiga 25 mln evro sarflaydi. Shartnoma imzolanishi uchun esa, Lorente tibbiy ko‘rikdan o‘tishi qoldi xolos.

Diego Lorente “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Real Sosedad” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Diego o‘tgan davr mobaynida 88 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ispaniya terma jamoasi safida 5 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!