
APL. "Enfild"da kechgan o‘yinda 8 ta gol bo‘ldi va "Liverpul" "Chelsi" ustidan g‘alaba qozondi
Angliya premer-ligasining 37-turida muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan “Liverpul” o‘z maydonida “Chelsi”ni qabul qildi.
“Enfild”da kechgan uchrashuv 5:3 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda mersisaydliklar safida Nabi Keyta, Aleksandr-Arnold, Veynaldum, Firmino hamda Oksleyd-Chemberlen, “aristokratlar” safida esa Jiru, Abraxam va Pulishich o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar