
APL. Fevral oyining eng yaxshi futbolchi aniqlandi (foto)
Reshford bu mavsumda uchinchi marta APLda oyining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi va Salahning rekordini takrorladi.
"Manchester Yunayted" hujumchisi premer-liganing fevral oyida eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 25 yoshli futbolchi ketma-ket ikkinchi va joriy mavsumda uchinchi marta APLda oyning eng yaxshi futbolchisi sovriniga loyiq ko‘rildi.
Markus premer-liganing bir mavsumida eng ko‘p qo‘lga kiritgan "Player of Month" sovrini bo‘yicha "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salahning rekordini takrorladi. Misrlik 2017/18 yilgi mavsumda 3 ta shunday sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fevral oyida angliyalik hujumchi Angliya chempionatida 4ta o‘yinda qatnashib, 5ta gol urdi.
Fikrlar