
APL grandlari "Shaxtyor" futbolchisiga qiziqmoqda!
Ukrainaning "Shaxtyor" klubi yarim himoyachisi Georgiy Sudakovga APLning yana bir grandi qiziqish bildirmoqda. "TBR Sports" nashri xabariga ko‘ra, Londonning "Vest Xem" klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Shaxtyor" Sudakovga 60 million evro taklif qilsagina sotishini malum qilgan. "Bolg‘achilar" yarim himoyachi uchun bunday pul to‘lashga tayyormi yoki yo‘qmi, hali bir qarorga kelmagan. Avvalroq matbuotda Georgiyga "Arsenal", "Chelsi" va "Napoli" klublaridan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda 22 yarim himoyachi “Shaxtyor”ning 21 ta uchrashuvida qatnashib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar