APL grandlari zoʻr hujumchi topdi

  • 23.08.2026 10:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasi grandlari Belgiyaning “Bryugge” klubi va Germaniya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Nikolo Trezoldini oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda.

Caught Offside nashri xabar berishicha, futbolchiga “Chelsi” va “Manchester Yunayted” daʼvogarlik qilmoqda. Shuningdek, “Tottenxem” ham hujumchini sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, “Yunayted” mutasaddilari jamoa hujumchisi Benyamin Sheshkoga raqobatchi izlamoqda, Trezoldi esa nisbatan past narxi bilan qiziqish uygʻotmoqda. Futbolchi uchun soʻralayotgan narx 45-50 million yevro boʻlishi taxmin qilinmoqda.

Xabar qilinishicha, “Chelsi” ham hujum chizigʻidagi vaziyatni oʻzgartirish uchun hozirgi hujumchilari Liam Delap va Nikolas Jeksonni sotishga tayyor. “Tottenxem” esa yozda katta mablagʻ sarflaganiga qaramay, hujumchi Randal Kolo Muani ijarasi yakunlangandan keyin ham hujum chizigʻini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!