APL. Ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan "Chelsi" 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 08.10.2022 20:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APL 10-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Vulverxempton" bahsi yakuniga etdi. Unda maydon egalari yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Dastlab, 45+3-daqiqada Xaverts bellashuvda hisobni ochdi. 54-daqiqada Pulishich hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 90-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Broya gol urib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi. 

Ochkolari sonini 16 taga etkazib olgan London klubi APL turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!