APL keyingi mavsum uchun yangi to‘pni taqdim etdi

  • 3 iyun, 13:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi matbuot xizmati Germaniyaning Puma sport brendi tomonidan taqdim etilgan yangi to‘pni tanishtirdi. Ushbu to‘p 2025/2026-yilgi mavsumda jamoalar tomonidan ishlatiladi. Bungacha Angliya chempionatida Nike to‘plari bilan o‘ynalgan edi.

Tecno

Image

"Yangi to‘p birinchi marta joriy yilning iyul oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan Premer-liganing yozgi o‘yinlar seriyasida rasmiy tarzda taqdim etiladi va bu dunyo auditoriyasiga keyingi mavsumda — 16 avgustdagi dam olish kunlarida boshlanadigan eng mashhur liga o‘yinlarida ishlatiladigan to‘pni birinchi bo‘lib ko‘rish imkonini beradi", — deyiladi APL saytida e’lon qilingan bayonotda.

O‘tgan mavsumda APL chempioni muddatidan oldin "Liverpul" jamoasi bo‘ldi. "Qizillar" 38 o‘yinda 84 ochko to‘plashga muvoffaq bo‘lishdi. Ikkinchi o‘rinni 74 ochko bilan "Arsenal" egalladi. "Manchester Siti" esa 71 ochko bilan uchinchi o‘ringa joylashdi. "Lester Siti" (25 ochko), "Ipsvich Taun" (22 ochko) va "Sautgempton" (12 ochko) Premer-ligani tark etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!