
APL klubi joriy mavsum ikkinchi marta murabbiyini iste’foga chiqarishi mumkin
“Uotford” klubi yana bosh murabbiyini iste’foga chiqarishi mumkin.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bosh murabbiyi Kike Sanches Floresning kursisi qimirlab qolgan. Agar tez orada jamoa natijalari yaxshilanmasa, ispaniyalik mutaxassis ishdan olinadi.
Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida “Uotford”ni Xavi Grasiya boshqargan edi. Sentyabr oyida esa uni iste’foga chiqarib, o‘rniga Kike Sanches Flores taklif etilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Uotford” APLda o‘tgan 13 ta turdan so‘ng 8 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar