
APL klubi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda
"Chelsi" bu mavsumda moliyaviy muammolar bilan bog‘liq holatga duch kelishi mumkin.
Ya’ni UEFA klublarga o‘z aktivlarini sho‘’ba korxonalarga sotishni va undan tushgan daromadlarni deklaratsiya qilishga ruxsat bermasligini tasdiqladi.
"The Times" nashrining yozishicha, avvalroq "Chelsi" ikkita mehmonxonani sho‘ba korxonaga 76,5 million funt sterlingga sotib yuborgan edi. Bundan tashqari, ular ayollar jamoasini ham noma’lum evaziga, noma’lum kompaniyaga sotdi. UEFA qoidalariga ko‘ra, endi bunday mablag‘lar moliyaviy feyr-pley bo‘yicha klub daromadi hisoblanmaydi.
Agar "Chelsi" moliyaviy qoidalarni buzsa, keyingi mavsum boshlanishidan oldin har qanday turdagi jazo chorasi qo‘llaniladi.
Qayd etilishicha, APL hali bu borada tegishlicha qaror qabul qilmagan. "Chelsi" bu vaziyatda liganing barqarorlik qoidalariga rioya qiladigan qulay holatda turibdi.
Fikrlar