APL klubi PSJ darvozabonini ijaraga olmoqchi

  • 08.09.2020 13:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ darvozaboni Alfons Areolya yangi mavsumni Angliya premer-ligasida o‘tkazishi mumkin.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, "Fulxem" 27 yoshli frantsiyalik posbonni ijaraga olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. APLga qaytgan londonliklar mavsum yakunida yana Chempionshipga tushib ketmaslik uchun tarkibni sezilarli tarzda kuchaytirishmoqchi.

Areolya o‘tgan mavsumni “Real” safida ijarada o‘tkazgan va 9 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 9 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!