APL klubi "Yuventus" futbolchisi uchun uchinchi taklifni yubormoqchi

  • 10 yanvar, 2020, 13:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya nashrlariga ko‘ra, "Lester" "Yuventus" himoyachisi Merih Demiralni qo‘lga kiritish fikridan qaytmoqchi emas.

Tecno

Oldinroq, turinliklar "tulki"larning 24,5 va 34 million funtlik takliflariga rad javobini berishgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, "Lester" ustozi Brendan Rojers futbolchini jamoa markaziy himoyasida vatandoshi Chaglar Suyunchu bilan yaxshi sherik sifatida ko‘rmoqda.

Qishgi transfer oynasi yakunlangunicha "Manchester Siti" va "Everton" ham da’vogarlik qilayotgan Demiral uchun "Lester" yana bir taklif yubormoqchi.

Demiral "Yuventus"ga 2019-yil yozida "Sassuolo"dan 18 million evroga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!