APL klublari Angliyada transfer oynasi Evropa bilan bir vaqtda yakunlanishini istashmoqda

  • 3 sentabr, 2019, 05:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi klublari mavsum startigacha transfer oynasi yopilishi bekor qilinishini xohlashmoqda.

Tecno

O‘tgan yildan buyon APLda mavsum startigacha transfer oynasi yopilmoqda, Evropaning qolgan mamlakatlarida esa avgust oxirigacha yoki sentyabr boshlarigacha ham u ochiq turibdi.

Liga klublari vakillarining yig‘ilishda ushbu qoidani bekor qilishni 11 ta klub talab qilgan.

Hammadan ham eng ko‘p top-6 klublar e’tiroz bildirishmoqda. Angliyada transfer oynasining erta yopilishi ularni Evropaning boshqa mamlakatlari jamoalarining o‘yinchilarini jalb qilishga bo‘lgan urinishlariga qarshi zaiflashtirish deb hisoblashmoqda.

Bundan tashqari, APL klublari ushbu qoida qit’aning boshqa mamlakatlariga ustunlik berishini tasdiqlashyapti.

Transfer oynasining muddatidan oldin yopilishi Premer-liga klublari uchun zararli deb hisoblashmoqda. Bu borada Brendan Rojers ("Lester"), Yurgen Klopp ("Liverpul") va Maurisio Pochettino ("Tottenxem") ham e’tiroz bildirishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!