APL klublarining qarori "Liverpul"ni chempionlikdan mahrum qilishi mumkin
Angliya premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsumi to‘liq qayta o‘tkazilishi kerak. Ligada to‘p suruvchi jamoalarning aksariyati aynan shunday qaror qabul qilinishi tarafdori.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, APL klublari koronavirus pandemiyasi sabab chempionatni yakunlash imkonsiz deb hisoblashmoqda. Ularning fikricha hozirgi kungacha bo‘lgan natijalarni yakuniy deb qabul qilish ham noto‘g‘ri.
Mavsumni davom ettirish yoki muddatidan avval yakunlash bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishi uchun 20 ta jamoadan kamida 14 tasi bir taklifni yoqlab ovozi berishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, premer-ligada ayni damda “Liverpul” yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Mavsum yakuniga qadar esa yana 9 ta tur bor.



Fikrlar
Нечи марта Пенальтидан гол урди ва Офсайидан хизобга олиш керак буни хам окилона фикрлардан бири