APL. Kontening "Tottenxem"i to‘xtamayapti

  • 28 avgust, 2022, 22:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Permer ligasi 4-turi doirasidagi "Nottingem Forest" va "Tottenxem" o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. Qiziqarli va kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda "shporlar" safardan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi. 

London klubining har ikki goliga ham Xarri Keyn mualliflik qildi. Ingliz hujumchisi 5 va 81-daqiqalarda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Keyn 56-daqiqada penaltini aniq amalga oshira olmadi. 

Shu tariqa bugungi g‘alabadan keyin "Tottenxem" hisobidagi ochkolar soni 10 taga etdi va turnir jadvalida 3-o‘rinni egalladi. "Nottingem" esa 4 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!