
APL. "Liverpul" ikkinchi turda ham ochko yo‘qotdi
APL 2-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Kristal Pelas" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 32-daqiqada Vilfrid Zaa hisobni ochdi. 61-daqiqada Luis Dias muvozanatni tikladi va o‘yinda boshqa gol kiritilmadi.
Shu tariqa, Klopp shogirdlari ikkinchi turda ham g‘alabadan quruq qoldi.
Fikrlar