
APL. "Liverpul" "Tottenxem" ustidan irodali g‘alabaga erishdi
"Enfild" stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. Bellashuvning 1-daqiqasida Xarri Keyn tomonidan kiritilgan gol tufayli birinchi bo‘limni 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugatgan "qizillar" ikkinchi bo‘limda Jordan Xenderson hamda Muhammad Salohlar tomonidan kiritilgan gollar evaziga 3 ochko egasiga aylanishdi.
Shu tariqa, "Liverpul"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etdi va 28 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. 12 ochkosi bor "shporlar" esa 10-pog‘onadan joy olishgan.
Fikrlar